Xitoyda yuk kemasida yong‘in: kamida 25 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yong‘in uch soatdan ortiq davom etgan
Xitoyda yuk kemasida yong‘in: kamida 25 kishi halok bo‘ldi
Foto: Imaginechina/Sipa USA

Xitoyning Sindao shahridagi kemasozlik zavodida ta’mirlanayotgan yuk kemasida yirik yong‘in yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi bedarak yo‘qolgan.

Xitoy davlat OAVga ko‘ra, yong‘in vaqtida kemada 42 kishi bo‘lgan.

Yong‘in uch soatdan ortiq davom etdi

Hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:15 da boshlangan. Yong‘inni soat 14:30 atrofida to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.

Xinhua agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in chiqqan kema Liberiya bayrog‘i ostida suzuvchi 190 metr uzunlikdagi Ocean Melody quruq yuk tashuvchi kemasidir.

Kema hodisa vaqtida Sindao shahridagi Beihai Shipbuilding kompaniyasi zavodida ta’mirlash ishlaridan o‘tayotgan edi. Mazkur korxona dunyodagi eng yirik kemasozlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan China State Shipbuilding Corporation tarkibiga kiradi.

Shuningdek, o‘qing: Shveysariyada sayyohlik avtobusi halokatga uchradi: qurbonlar bor

Besh kishi qidirilmoqda

Hodisa ortidan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlandi. Hozircha bedarak yo‘qolgan besh kishini topish ishlari davom etmoqda. Yong‘inning aniq sababi hozircha ma’lum emas.

Avvalroq «Kursiv» Shveysariyada sayyohlik avtobusi halokatga uchragani haqida yozgan edi.

Shuningdek