Qirg‘izistondagi zilzila Andijon va Namanganda sezildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Magnitudasi 3,9 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi
Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda 2–3 ballgacha sezildi
Foto: iStock

12-sentabr kuni Qirg‘iziston hududida magnitudasi 3,9 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi O‘zbekistonning Andijon va Namangan viloyatlarida ham sezildi.

Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila soat 14:47 da qayd etilgan. Uning epitsentri Qirg‘izistonning Jalolobod hududida joylashgan bo‘lib, o‘choq chuqurligi 16 kilometrni tashkil etgan.

O‘zbekistonda 2 ballgacha sezildi

Yer silkinishining kuchi Andijon viloyatida 2 ball, Namangan viloyatida ham 2 ball darajasida sezilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoro viloyatida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek