Sindarov va Asaubayeva bronza uchun kurashadi

eʼlon qilindi
Ular Fyers American Gambits jamoasi safida CheQ Mumba Mastersga qarshi o‘ynaydi
Javohir Sindarov va Bibisara Asaubayeva yana e’tibor markazida — video
Foto: Instagram / Chess with Lokesh

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva Tech Mahindra Global Chess League – 2026 musobaqasida uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi. Ular Fyers American Gambits jamoasi safida CheQ Mumba Mastersga qarshi o‘ynaydi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Sindarov jamoasi bronza uchun o‘ynaydi

Bengaluruda o‘tkazilayotgan jamoaviy turnirning dastlabki bosqichi yakunlariga ko‘ra, Ganges Grandmasters va Alpine APL Pipers final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Har ikki jamoa 18 tadan jamoaviy ochko jamg‘argan. Ganges Grandmasters esa o‘yin ochkolari bo‘yicha ustunlik qilib, birinchi o‘rinni egalladi – 95 ga qarshi 88 ochko. Fyers American Gambits va CheQ Mumba Masters esa turnirning uchinchi o‘rin sohibini aniqlaydi.

Sindarov va Asaubayeva kuchli raqiblarga qarshi

Fyers American Gambits tarkibida O‘zbekiston vakili Javohir Sindarov va ikki karra blits bo‘yicha jahon chempioni Bibisara Asaubayeva ham bor.

Ularning raqibi CheQ Mumba Masters tarkibida esa fransiyalik Maksim Vashye-Lagrav, ozarbayjonlik Shahriyar Mamedyarov, sloveniyalik Vladimir Fedoseyev, hindistonlik Harika Dronavalli, AQSH vakili Karissa Yip va eronlik Bardiya Daneshvar o‘ynaydi. Sindarov O‘zbekiston terma jamoasi safida Olimpiada chempioni bo‘lgan.

Finalda Karlsen va Nepomnyashchiy to‘qnashadi

Turnir finalida birinchi taxtada norvegiyalik Magnus Karlsen rossiyalik Yan Nepomnyashchiyga qarshi bahs olib boradi.

Shuningdek, Anish GiriLevon Aronyan va Divya DeshmuxPolina Shuvalova juftliklari ham finalda o‘zaro kuch sinashadi.

Tech Mahindra Global Chess League – 2026 musobaqasi Hindistonning Bengaluru shahrida o‘tkazilmoqda. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil etadi.

Avvalroq oʻzbekistonlik grossmeysterlar Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov Osiyo shaxmat federatsiyasining sentabr oyi uchun yangilangan erkaklar reytingida mos ravishda birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagandi.

Shuningdek