Chevrolet Cobalt avtomobili nega hali ham ommabop

14-sentabr 2026 11:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Cobalt avtomobili nega haliyam ommabop
Foto: Kolesa.kz

Chevrolet Cobalt joriy yil avgust oyida ham Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘lib qoldi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan ma’lum qildi.

Oy davomida modeldan 2 603 dona sotildi. Umuman olganda, mamlakatda yangi avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 6,3 foizga oshdi.

Avgustda 19,1 mingta avtomobil sotildi

Qozog‘iston avtomobil ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, avgust oyida rasmiy dilerlar 19,1 mingta yangi yengil va tijorat avtomobilini sotgan. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 18 ming dona edi.

Brendlar orasida Hyundai 3 604 dona avtomobil bilan birinchi o‘rinni egalladi. Chevrolet 2 764 dona natija bilan ikkinchi bo‘ldi. Changan esa savdosini ikki baravardan ko‘proq oshirib, 2 217 dona bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Kia savdosi 25,9 foizga kamayib, 1 556 donani tashkil etdi. Chery esa 1 129 dona avtomobil sotdi.

Cobalt 2 603 dona bilan birinchi bo‘ldi

Modellar reytingida Chevrolet Cobalt 2 603 dona sotuv bilan yetakchilikni saqlab qoldi.

Foto: Kolesa.kz

Ikkinchi o‘rinni 1 643 dona natija bilan Hyundai Tucson, uchinchi o‘rinni esa 1 186 dona bilan Changan CS35 MAX egalladi. Keyingi o‘rinlardan Hyundai Mufasa – 708 dona va Hyundai Elantra – 651 dona bilan joy oldi.

Shuningdek, Kia Sportage, Haval Jolion, Toyota Camry, Changan CS55 Plus va Kia Cerato ham eng ko‘p sotilgan o‘nta model qatoriga kirdi.

Chevrolet yil boshidan beri ikkinchi o‘rinda

2026-yilning yanvar – avgust oylarida Qozog‘istonda jami 146,4 mingta yangi avtomobil sotildi. Bu 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 2,3 foiz ko‘p. Hyundai 24 563 dona bilan bozor yetakchisi bo‘lib qolmoqda, biroq uning savdosi 21,8 foizga kamaygan.

Chevrolet esa 23 205 dona avtomobil sotib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Brend savdosi yilma-yil 16,2 foizga oshgan. Kia 16 380 dona bilan uchinchi, Changan 14 144 dona bilan to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Onix va Tracker haqida yangi ma’lumot e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek