
Honor kompaniyasi 28-sentabr kuni taqdim etilishi kutilayotgan Honor Magic 9 seriyasi haqida yangi tafsilotlarni oshkor qildi. Magic 9 Pro Max, Magic 9 va Magic 9 Super Edition modellari uchun xotira konfiguratsiyalari hamda rang variantlari ma’lum bo‘ldi. Uchala model ham allaqachon oldindan buyurtma uchun ro‘yxatga qo‘yilgan.
Honor Magic 9 Pro Max
Honor Magic 9 Pro Max Moss Green, Silver va Shadow Black ranglarida sotuvga chiqadi. Smartfon 12/256 GB, 12/512 GB, 16/512 GB va 16 GB/1 TB xotira variantlarida taklif qilinadi.

Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 6,8 dyuymli OLED displey bilan jihozlanishi mumkin. Ekran atrofi 0,98 mm qalinlikdagi ingichka ramkalarga ega bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, model Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro protsessori va 8 800 mA·soat sig‘imli batareya olishi mumkin.
Kamera blokida ikkita 200 megapikselli ARRI sensori, old tomonda esa 55 megapikselli kvadrat formatdagi selfi kamera bo‘lishi aytilmoqda. Biometrik himoya 3D yuzni aniqlash va ultratovushli barmoq izi skaneri orqali ishlashi mumkin.
Honor Magic 9
Oddiy Magic 9 modeli Yellow Rice, Olive Green, Morning White va Curtain Black ranglarida taqdim etiladi. Xotira variantlari 12/256 GB, 12/512 GB, 16/512 GB hamda 16 GB/1 TBdan iborat.
Smartfon 6,37 dyuymli 1.5K displeyga ega ixcham flagman sifatida chiqishi kutilmoqda. Qurilmaga Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi va 8 000 mA·soat batareya o‘rnatilishi mumkin.
Asosiy kamera 200 megapikselli sensor, 50 megapikselli ultra keng burchakli modul va 200 megapikselli periskop telefoto kameradan tashkil topishi aytilmoqda.
Honor Magic 9 Super Edition

Magic 9 Super Edition ham Yellow Rice, Olive Green, Morning White va Curtain Black ranglarida ishlab chiqariladi. U 12/256 GB, 12/512 GB va 16/512 GB xotira variantlarida sotuvga chiqadi.
Model 6,8 dyuymli 165 Gts displey, Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi va 11 000 mA·soat sig‘imli yirik batareya bilan jihozlanishi mumkin. Kamera tizimi 50 megapikselli asosiy, 12 megapikselli ultra keng burchakli va 50 megapikselli telefoto sensorlardan iborat bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, smartfon faol sovitish tizimi va shisha tolali korpus olishi mumkin.
Taqdimot 28-sentabrga rejalashtirilgan
Honor Magic 9 seriyasining uchala modeli ham 28-sentabr kuni rasman taqdim etilishi rejalashtirilgan. Hozircha kompaniya ayrim xususiyatlarni tasdiqlagan bo‘lsa-da, protsessor, kamera va batareya haqidagi bir qator ma’lumotlar hali sizdirilgan ma’lumotlarga asoslanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor Magic 9 seriyasi qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.