Qaynoq suv quysam, kuyasanmi — jizzaxlik ayolga nisbatan qiynoq bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

eʼlon qilindi
Ayol 6-sentabr kuni qochib chiqqan
Qaynoq suv quysam, kuyasanmi — jizzaxlik ayolga nisbatan qiynoq bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Rasm: SI / Sapura Temirxanova

Jizzaxlik yosh ayol erining onasi va opa-singillari tomonidan bir necha oy davomida zo‘ravonlik hamda qiynoqqa uchragani aytilmoqda. Nemolchi.uz xabariga ko‘ra, jabrlanuvchining ustiga tuz va soda aralashtirilgan qaynoq suv quyilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109 va 110-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jabrlanuvchining otasi tahririyatga murojaat qilib, qiziga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxslarga eng og‘ir jazo berilishini talab qilgan.

Ayol bir necha hafta majburan ushlab turilgani aytilmoqda

Ma’lumotga ko‘ra, er-xotin 2025-yil oktabr oyida oila qurgan va ularning bir nafar qizi bo‘lgan. 2026-yil may oyida ayolning eri qamoqqa olingan.

Jabrlanuvchi otasining aytishicha, iyun oxirida erining qarindoshlari uning pasporti, telefoni va farzandining tug‘ilganlik guvohnomasini olib qo‘ygan.

6-iyuldan boshlab esa ayol ijaraga olingan xonadonda majburan ushlab turilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga ovqat va suv cheklangan, xonadan chiqishiga ruxsat berilmagan, muntazam ravishda kaltaklangan.

Ustiga qaynoq suv quyilgani aytilmoqda

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, 29-avgust kuni erining qarindoshlaridan biri avval uning ustiga qaynoq suv quygan. Shundan keyin suvga tuz va soda qo‘shib, yana uning tanasiga quyilgani aytilmoqda. Ayol og‘ir kuyish jarohatlari olgan.

Shuningdek, jabrlanuvchi uni besh oylik farzandidan ajratish, tahdid qilish va boshqa zo‘ravonliklarga duchor etishganini bildirgan.

Shuningdek, o‘qing: Toshkentda xotinini kaltaklashda gumonlangan sport ustasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ayol 6-sentabr kuni qochib chiqqan

6-sentabr kuni balkon eshigi qulflanmay qolganidan foydalanib, ayol uchinchi qavatdan yong‘in zinapoyasi orqali pastga tushgan.

U ko‘chadagi odamlardan yordam so‘rab, otasi bilan bog‘langan va keyinchalik kasalxonaga olib borilgan. Ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Otasining aytishicha, ichki ishlar xodimlari undan va qizidan tushuntirish olgan.

Tahririyat bildirishicha, voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi va 110-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jabrlanuvchining otasi esa tergov jarayoni haqida yetarli ma’lumot olmayotganini aytib, ishni to‘liq va xolis tekshirishni hamda aybdorlarga qat’iy jazo berilishini so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 66 yoshli ayol quduqqa tushib ketgani ma’lum qilingandi. Hodisa 12-sentabr kuni Chust tumanidagi Xo‘jaobod mahallasining Muqimiy ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Shuningdek