Murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklar uchun 151 xodim ishdan olindi

eʼlon qilindi
833 nafar xodimga hayfsan berildi
Davlat organlari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha baholanadi
Foto: URA

2026-yilning yanvar – avgust oylarida Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga jami 5,5 mingta ta’sir chorasi hujjati kiritildi. Natijada 151 nafar xodim lavozimidan ozod etildi, 833 nafariga esa hayfsan berildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonasi ma’lum qildi.

1,3 mingdan ortiq xodimlar rasman ogohlantirildi

Ko‘rilgan choralar natijasida 150 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, 1,3 mingdan ortiq xodimlar rasman ogohlantirilgan, 89 ta holatda jarima qo‘llanilgan, 8 nafar xodimning lavozimi pasaytirilgan.

Yana 3 ta holatda ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘langan, 1 ta holatda moddiy zarar qoplangan.

Eng ko‘p taqdimnoma bandlik tizimiga kiritilgan

Yanvar – avgust oylarida jami 1 386 ta taqdimnoma kiritilgan. Ularning eng ko‘pi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimiga – 233 ta, Mahallalar uyushmasi tizimiga – 218 ta va Majburiy ijro byurosi tizimiga – 158 ta to‘g‘ri kelgan.

Bosh prokuratura tizimiga 128 ta, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga esa 86 ta taqdimnoma kiritilgan.

Mahallalar uyushmasiga eng ko‘p ko‘rsatma berilgan

Hisobot davrida jami 2 963 ta ko‘rsatma kiritilgan. Shundan 246 tasi Mahallalar uyushmasi tizimiga, 212 tasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimiga, 210 tasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga yuborilgan.

Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga 208 ta, Majburiy ijro byurosiga 188 ta ko‘rsatma kiritilgan.

Eng ko‘p talabnoma mahalliy hokimliklarga yuborilgan

Jami 642 ta talabnoma kiritilgan bo‘lib, eng ko‘pi mahalliy hokimliklar tizimiga – 62 ta yuborilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga 59 ta, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga 47 ta, Mahallalar uyushmasiga 44 ta talabnoma kiritilgan.

Prezident Xalq qabulxonasi eng ko‘p murojaat tushayotgan qator tashkilotlarda amaliy o‘quv seminarlarini ham tashkil qilgan. Murojaatlar bilan ishlashdagi ijro intizomi ustidan nazorat davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilning birinchi yarmida Markaziy bankka plastik kartalar va firibgarlik bilan bog‘liq 956 ta murojaat kelib tushgani haqida xabar berilgandi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4,1 mingta murojaat kelib tushgan. 2025-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 2,5 mingta edi. Shu tariqa murojaatlar soni qariyb 66 foizga oshgan.

Shuningdek