Shavkat Mirziyoyev Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

eʼlon qilindi
Xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘yildi
Shavkat Mirziyoyev Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarni Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrifdan boshladi. Davlat rahbari rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga mamlakat ozodligi va mustaqilligi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘yildi

Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Milliy yodgorlik majmuasidagi Xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi. Shuningdek, prezident Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Mazkur marosim O‘zbekiston rahbarining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasidagi ilk rasmiy tadbirlardan biri bo‘ldi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Seulda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyevning tashrifi Janubiy Koreya — Markaziy Osiyo sammiti arafasida bo‘lib o‘tmoqda.

Janubiy Koreya prezidenti Li Jje Myon 14–16-sentabr kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shundan so‘ng 17-sentabr kuni Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari ishtirokida umumiy sammit tashkil etiladi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Savdo, investitsiya va energetika muhokama qilinadi

Sammit va ikki tomonlama uchrashuvlarda savdo va investitsiyalarni kengaytirish, energetika, muhim minerallar, infratuzilma hamda global ta’minot zanjirlari bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Janubiy Koreya tomoni mazkur uchrashuvlar Seul va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni rahbarlar darajasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik tizimiga olib chiqishiga umid bildirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qizil jenshen sovg‘a qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek