
O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi FIFA kunlari doirasida 1-oktabr kuni Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa sentabr – oktabr oylaridagi xalqaro tanaffusda bir nechta nazorat bahslarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Avval Eron bilan Farg‘onada o‘ynaydi
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlaridagi dastlabki uchrashuvlardan birini 24-sentabr kuni Eronga qarshi o‘tkazadi.
Bahs Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin ham Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoaning navbatdagi tayyorgarlik uchrashuvlaridan biri bo‘ladi.
Suriya bilan bahs Toshkentda o‘tadi
Shundan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 1-oktabr kuni Toshkentda Suriya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
Bu yildan sentabr va oktabr oyidagi FIFA kunlari birlashtirilgan bo‘lib, xalqaro tanaffus 21-sentabrdan 6-oktabrgacha davom etadi. Shu davr ichida milliy terma jamoalar to‘rttagacha uchrashuv o‘tkazishi mumkin.
6-oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi
O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi bahslaridan yana biri 6-oktabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq «Kursiv» «Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» Osiyo turnirlarida qancha pul ishlab olishi haqida yozgan edi.