Hyundai, Kia va Hyundai Rotem O‘zbekistondagi loyihalarini kengaytiradi

15-sentabr 2026 15:44 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Hyundai, Kia va Hyundai Rotem O‘zbekistondagi loyihalarini kengaytiradi
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Seulda Hyundai Motor Group, Kia va Hyundai Rotem rahbarlari bilan uchrashdi. Muzokaralarda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni kengaytirish, elektromobil va gibrid modellarni yig‘ish, shuningdek, yangi tezyurar poyezdlarni yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ushbu kompaniyalarning O‘zbekiston avtomobil va transport sohalarini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholandi.

Kia ishlab chiqarishi kengaytiriladi

Jizzaxdagi avtomobil klasterida ishlab chiqarish hajmini oshirish va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish darajasini ko‘paytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kia avtomobillarini ishlab chiqarishning to‘liq zanjiri yo‘lga qo‘yilayotgani va eksport hajmi ortib borayotgani qayd etildi.

Shuningdek, yangi rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarishni boshlash va presslash sexini ishga tushirish masalalariga e’tibor qaratildi. Tomonlar O‘zbekistonda elektr va gibrid avtomobillarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini ham muhokama qildi.

Bu yo‘nalish Hyundai Motor Group va Kia bilan avtomobil sanoatidagi hamkorlikni yanada kengaytirishi mumkin.

Shuningdek, o‘qing: Lotte Group O‘zbekistondagi turizm markazlarini boshqarishi mumkin

Hyundai Rotem qo‘shimcha poyezdlar yetkazib berishi mumkin

Uchrashuvda Hyundai Rotem kompaniyasining Toshkent – Xiva yo‘nalishida qatnayotgan yuqori tezlikdagi poyezdlari ham muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistonga qo‘shimcha poyezdlar yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekistonda Hyundai Rotem servis markazini tashkil etish va poyezdlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, elektr dvigatellari uchun magnitlar ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rganish taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansi tuzilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek