Jasur Umirov yosh bolasi bilan katerda xavfsizlik qoidalarisiz harakatlandi — video

15-sentabr 2026 10:37 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Jasur Umirov yosh bolasi bilan katerda xavfsizlik qoidalarisiz harakatlandi — video
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jasur Umirovning kichik yoshdagi farzandi bilan qutqaruv nimchasisiz yuqori tezlikda katerda harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari va IIV Turizm politsiyasi xodimlari xonanda bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ayniqsa, katerda harakatlanayotganda qutqaruv nimchasidan foydalanish zarurligi tushuntirilgan.

Xonanda xatosini tan oldi

Jasur Umirov videodagi harakati ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lganini aytdi.

U FVV va IIV vakillari bilan suhbatdan so‘ng bunday harakat xavfli ekanini tushunganini bildirdi.

«Biz qutqaruv nimchasisiz harakatlanganmiz. Bu noto‘g‘ri bo‘lganini tushundim», – dedi xonanda.

Video o‘chirib tashlangan

Umirov videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan o‘chirib tashlaganini ham ma’lum qildi.

Shuningdek, u muxlislarini suvda xavfsizlik qoidalariga amal qilishga va kater yoki boshqa suv transportida qutqaruv nimchasisiz harakatlanmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Liil Huramov to‘ydan keyingi oilaviy videolarini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek