Oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun qabul boshlandi

eʼlon qilindi
Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi
2027-yil uchun doktorantura kvotalari tasdiqlandi
Foto: depositphotos.com

15-sentabrdan O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllari bo‘yicha 2027-yilning birinchi choragi uchun hujjatlar qabuli boshlandi. Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Qabul mustaqil izlanuvchilik, stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Arizalar onlayn topshiriladi

Shuningdek, o‘qing: 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi

Nomzodlar hujjatlarini daraja.ilmiy.uz yoki my.gov.uz portali orqali topshirishi mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga jami 4,8 mingta kvota ajratildi.

2027-yil uchun tayanch doktoranturaga 3,9 mingta kvota berildi. Stajyor-tadqiqotchilik uchun 400 ta, doktorantura uchun esa 540 ta o‘rin ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim doktorantlarga oshirilgan stipendiya to‘lanishi haqida xabar berilgandi. Yangi tartib 2026-yil 1-sentabrdan joriy etiladi. U Davlat budjeti hisobidan tayanch doktorantura va doktoranturada kadrlar tayyorlashga taalluqli bo‘ladi. Endilikda doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi ustuvor yo‘nalishlarga ajratiladi.

Shuningdek