O‘zbekistonning shaxmat Olimpiadasi uchun asosiy tarkibi ochiqlandi

eʼlon qilindi
Jamoa 2022-yilda Chennayda oltin medalni qo‘lga kiritgan tarkibga deyarli mos keladi
Foto: Shaxmat federatsiyasi

Samarqandda o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining Open yo‘nalishida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan asosiy terma jamoa tarkibi ma’lum bo‘ldi. Jamoa 2022-yilda Chennayda oltin medalni qo‘lga kiritgan tarkibga deyarli mos keladi. Bu haqda mamlakat Shaxmat federatsiyasi xabar berdi. 

Sindarov va Abdusattorov boshchiligidagi tarkib

O‘zbekiston-1 terma jamoasi quyidagi grossmeysterlardan iborat:

  • Javohir Sindarov – 2 778;
  • Nodirbek Abdusattorov – 2 762;
  • Nodirbek Yoqubboyev – 2 685;
  • Shamsiddin Vohidov – 2 654;
  • Muhiddin Madaminov – 2 611.

Jamoaga grossmeyster Rustam Qosimjonov murabbiy-kapitanlik qiladi.

Chempionlar tarkibida bitta o‘zgarish

O‘zbekiston terma jamoasining mazkur tarkibi 2022-yilda Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoaga deyarli mos keladi.

Bu safargi yagona o‘zgarish – Jahongir Vohidov o‘rniga yosh grossmeyster Muhiddin Madaminov tarkibga kiritilgan.

O‘zbekiston-1 jamoasi Samarqanddagi olimpiadada o‘z maydonida amaldagi chempionlik maqomini himoya qiladi.

Avvalroq grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukesh bilan 2026-yilgi FIDE jahon chempionligi uchun dona surishi haqida xabar berilgandi. Uchrashuvning umumiy mukofot jamg‘armasi $2,5 mlnni tashkil etadi.

Shuningdek