Samsung Galaxy S26 FE narxini e’lon qildi

15-sentabr 2026 08:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 FE narxini e’lon qildi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S26 FE smartfonining Hindiston bozoridagi narxini ma’lum qildi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Galaxy S26 FE qancha turadi

Samsung Galaxy S26 FE’ning 8/256 GB konfiguratsiyasi Hindistonda 79 999 rupiyga ($835) baholandi. Hozircha kompaniya smartfonning 128 GB xotirali versiyasini taqdim etmadi.

Galaxy S26 FE 27-avgust kuni rasman namoyish etilgan edi. Samsung keyinchalik yangi model Hindistonda 18-sentabrdan xarid qilish mumkin bo‘lishini tasdiqladi.

Xaridorlarga chegirmalar taklif qilinadi

Samsung yangi smartfon xaridorlari uchun bir nechta maxsus takliflarni ham tayyorlagan. Yirik banklarning kredit yoki debet kartalari orqali to‘lov qilgan mijozlarga 7 ming rupiy keshbek beriladi.

Eski qurilmani yangisiga almashtirish dasturidan foydalangan xaridorlar esa 8 ming rupiylik qo‘shimcha bonus olishlari mumkin.

Shuningdek, Galaxy S26 FE’ni 18 oygacha foizsiz bo‘lib to‘lash yoki 30 oygacha muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyati mavjud.

Biroq kompaniya bu imtiyozlarni bir vaqtning o‘zida qo‘llash mumkin emasligini ta’kidladi. Xaridor ulardan faqat bittasini tanlashi mumkin.

Sotuvlar 18-sentabrda boshlanadi

Galaxy S26 FE Hindistonda 18-sentabrdan rasman sotuvga chiqariladi. Model Samsung’ning Fan Edition turkumidagi yangi smartfoni bo‘lib, flagman Galaxy S26 oilasining ayrim imkoniyatlarini nisbatan arzonroq qurilmada taqdim etishga mo‘ljallangan.

Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy S27 Ultra yangi kamera olmasligi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek