Chevrolet Tahoe 2027 avtomobilini qanday tanlasa bo‘ladi

16-sentabr 2026 16:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tahoe 2027 avtomobilini qanday tanlasa bo‘ladi
Foto: Chevrolet

Chevrolet kompaniyasi 2027-yilgi Chevrolet Tahoe avtomobili uchun rasmiy onlayn konfiguratorni ishga tushirdi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Komplektatsiyalar qatori deyarli o‘zgarmadi

2027-yilgi Chevrolet Tahoe avvalgi model yiliga nisbatan katta yangilanish olmagan. Asosiy o‘zgarishlardan biri komplektatsiyalar tarkibiga taalluqli.

2026-yilda taklif qilingan cheklangan LS Custom Edition versiyasi bekor qilindi. High Country esa endi standart tarzda to‘liq uzatmali bo‘ladi.

Qolgan versiyalar — LS, LT, RST, Z71, Premier va High Country — saqlanib qolgan. LS, LT, RST va Premier orqa yoki to‘liq uzatma bilan, Z71 va High Country esa faqat 4WD tizimida taklif qilinadi.

Foto: Chevrolet

High Country uchun Super Cruise imkoniyati kengaytirildi

Chevrolet ayrim qo‘shimcha paketlar tarkibini ham qayta ko‘rib chiqdi. High Country Deluxe Package endi tanlangan dvigateldan qat’i nazar Super Cruise tizimini o‘z ichiga oladi. Bu funksiyani 3,0 litrli olti silindrli LZ0 Duramax turbodizel dvigateli bilan ham buyurtma qilish mumkin bo‘ladi.

Avval Super Cruise faqat 6,2 litrli V8 L87 dvigatelli High Country versiyasida mavjud edi.

Foto: Chevrolet

Dvigatellar qatori o‘zgarmadi

2027-yilgi Tahoe yangi Silverado 1500’da paydo bo‘ladigan yangi V8 dvigatellarini olmaydi.

Model avvalgi uchta motor bilan taklif etishda davom etadi. 5,3 litrli V8 L84 355 ot kuchi, 6,2 litrli V8 L87 esa 420 ot kuchi beradi. 3,0 litrli I6 LZ0 Duramax turbodizel dvigateli quvvati 305 ot kuchini tashkil qiladi.

Avvalroq «Kursiv» Chevrolet Equinox elektromobili uchun yangi rang taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek