Lionel Messi terma jamoani hali tark etmadi — tafsilotlar

16-sentabr 2026 09:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Lionel Messi terma jamoani hali tark etmadi — tafsilotlar
Foto: Messi / Instagram

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining sentabr oxiri va oktabr boshida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibiga kiritildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Argentina futbol assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoa shu davrda uchta uchrashuv o‘tkazadi.

Argentina uchta terma jamoaga qarshi maydonga tushadi

Argentina 30-sentabr kuni Boliviya bilan uchrashadi. Shundan so‘ng jamoa 3-oktabrda Burkina-Faso, 6-oktabrda esa Benin terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Benin bilan uchrashuv Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Benin bilan o‘yin Messi uchun xayrlashuv uchrashuvi bo‘lishi mumkin

Manbaga ko‘ra, Benin terma jamoasiga qarshi bahs Messi uchun Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuviga aylanishi mumkin.

Shuningdek, futbolchi sharafiga maxsus marosim o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Tadbirga 2022-yilda jahon chempioni bo‘lgan Argentina terma jamoasi a’zolarini taklif qilish ko‘zda tutilgan.

Messi Argentina safida 207 ta o‘yin o‘tkazgan

Messi 31-avgust kuni Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi. U milliy jamoa safida 207 ta uchrashuv o‘tkazib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Messi Argentina bilan 2022-yilgi jahon chempionati, Amerika kubogi hamda Finalissima turnirida g‘olib chiqqan.

Avvalroq «Kursiv» Abduqodir Husanov «Manchester Yunayted»ga tavsiya qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek