Samsung Galaxy A25 uchun One UI 9.0 beta dasturini ishga tushirdi

16-sentabr 2026 11:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A25 uchun One UI 9.0 beta dasturini ishga tushirdi
Foto: Sammobile

Samsung Galaxy A25 smartfoni uchun Android 17 asosidagi One UI 9.0 beta dasturini ochdi. Hozircha yangilanish Hindistondagi foydalanuvchilar uchun tarqatilmoqda. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Yangilanish hajmi 2,8 GB ga yaqin

One UI 9.0 beta yangilanishining hajmi 2796,68 MB ni tashkil qiladi. Proshivka versiyasi A256BXXUEZZIA raqami bilan tarqatilmoqda.

Beta dasturida qatnashish uchun Galaxy A25 foydalanuvchilari Samsung Members ilovasiga kirib, One UI 9.0 beta dasturi bannerini topishi va qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

Shundan so‘ng Settings > Software update > Check for updates bo‘limi orqali yangilanishni yuklab olish mumkin.

One UI 9.0 qanday yangiliklarni olib keladi

Yangi interfeys Quick Panel’ni yanada moslashtirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Samsung Notes va Samsung DeX funksiyalari yaxshilangan.

One UI 9.0’da joylashuv ma’lumotlaridan foydalanishni ko‘rsatuvchi maxfiylik indikatori ham paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, maxsus imkoniyatlar funksiyalariga bir qator yaxshilanishlar kiritilgan.

Barqaror versiya keyinroq chiqadi

Beta dasturi foydalanuvchilarga One UI 9.0’ning yakuniy versiyasi chiqarilishidan oldin yangi funksiyalarni sinab ko‘rish imkonini beradi.

Hozircha Galaxy A25 uchun One UI 9.0 beta dasturining boshqa davlatlarda qachon ishga tushirilishi ma’lum qilinmagan.

Avvalroq «Kursiv» arzon Samsung Galaxy A18 4G smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek