Surxondaryoda yer olib berishni va’da qilgan ikki mansabdor ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda
Surxondaryoda yer olib berishni va’da qilgan ikki mansabdor ushlandi
Foto: Departament

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida davlat zaxirasidagi yer maydonini auksionga chiqarib, arzon narxda olib berishni va’da qilgan ikki mansabdor shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

2 gektar yer uchun $2 ming so‘ralgan

Tezkor tadbir Oltinsoy tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Uzun tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi davlat zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini kadastr tizimida ishlovchi tanishi orqali auksionga chiqarib, arzon narxda olib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga u $2 ming talab qilgani aytilmoqda.

12 mln so‘m olayotganda ushlangan

Mansabdor shaxs kelishilgan pulning 12 mln so‘mini olayotgan vaqtda ushlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilgach, Uzun tumani Davlat kadastrlar palatasining yerlarni auksionga chiqarish sho‘basi yetakchi mutaxassisi ham mazkur 12 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi — pora olish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» «Umra» ziyoratiga yuborishni va’da qilib pul olgan shaxslar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek