Turkiy davlat fuqarolariga aeroportlarda alohida nazorat joriy etiladi

eʼlon qilindi
Yangi tizim Yevropa Ittifoqidagi amaliyotga o‘xshash bo‘lishi mumkin
Foto: Uzbekistan Airports

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar fuqarolari aeroportlarda pasport nazoratidan tezroq o‘tishi uchun alohida nazorat punktlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yangi tizim Yevropa Ittifoqidagi amaliyotga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Bu haqda Turizm Gunjel xabar berdi.

TDT fuqarolari uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi

Rejaga ko‘ra, TDT davlatlari fuqarolari uchun ayrim aeroportlarda alohida pasport nazorati punktlari tashkil etiladi. Bu orqali tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida sayohat qiluvchilarning nazoratdan tezroq o‘tishi ko‘zda tutilmoqda.

Yangi tizim ishga tushirilgan aeroportlarda TDT davlatlari fuqarolari o‘zlari uchun ajratilgan pasport nazorati punktlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Yevropa Ittifoqi tajribasiga o‘xshash tizim

Rejalashtirilayotgan tartib Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aeroportlarida qo‘llanadigan pasport nazorati modeliga o‘xshashi kutilmoqda.

Tashabbus TDT mamlakatlari o‘rtasidagi fuqarolar harakatini yengillashtirish va aeroportlardagi nazorat jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan.

Tashabbus Ostona sammitidan keyin ma’lum qilindi

Yangi tizim bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan TDT Ichki ishlar vazirlarining 3-yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qilindi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Mustafa Chiftchi TDTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi sayohatlarni yengillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirgan.

Uning aytishicha, aeroportlarda TDT fuqarolari uchun alohida pasport nazorati punktlarini tashkil etish ham muhokama qilinmoqda.

Tizim qachondan ishlashi hozircha noma’lum

Yangi tartib birinchi bo‘lib qaysi davlat aeroportlarida joriy etilishi hozircha ma’lum emas.

Shuningdek, tizim barcha TDT davlatlarida bir vaqtning o‘zida yoki bosqichma-bosqich joriy qilinishi ham ochiqlanmagan.

Uning ishga tushirilish sanasi ham hozircha belgilanmagan. Tegishli ishlar yakunlangach, yangi tizimning qamrovi va aeroportlarda qo‘llash tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Avvalroq Turkiy davlatlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Turkpol nomli tashkilot tuzilishi taklif qilingandi.

Shuningdek