Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari yana oshdi

14-sentabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,6 foizdan 21,9 foizga oshdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,5 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,5 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkasi «Aloqabank» tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 19,7 foizni tashkil etdi. Bungacha eng kam foiz «BRB» (18,3%) tomonidan taklif qilingandi.
Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:
- «Aloqabank» – 19,7%;
- «Ipoteka-bank» – 19,9%;
- «Milliy bank» – 20,8%;
- «Ipak yuli bank» – 20,8%;
- «Asaka bank» – 21,1%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:
- «Hamkorbank» – 27%;
- «Davr bank» – 25,5%;
- «Agrobank» – 25,3%;
- «Asia Alliance bank» – 25%;
- «Trastbank» – 23,6%.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 29,6 foizdan 29,7 foizga oshdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,5 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,5 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- «Anor bank» – 41,4%
- «AVO bank» – 39,9%;
- «Uzum bank» – 38%;
- «Ipak yuli bank» – 35,8%;
- «TBC bank» – 35,4%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Infinbank» (24%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval eng kam foiz stavkasi 24,3% bo‘lib, uni «Asia Alliance bank» taklif etgandi.
Bundan tashqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:
- «Infinbank» – 24%;
- «Asia Alliance bank» – 24,4%;
- «Trastbank» – 24,7%;
- «Milliy bank» – 24,9%
- «Aloqabank» – 25,1%.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon xalqaro banki «Davrbank»’ning 51% aksiyasini 140 mln dollarga sotib olgani haqida xabar berilgandi. Birja ma’lumotlariga ko‘ra, tranzaksiya 10-sentabr kuni oltita ketma-ket bitim shaklida amalga oshirilgan. ABB jami 51 mln dona oddiy aksiyani har bir qimmatli qog‘oz uchun 32 281,28 so‘mdan xarid qilgan.