
O‘zbekistonlik himoyachi Behruz Karimov Shveysariya Superligasida «Lugano» safidagi ilk golini kiritdi. Uning jamoasi «Sankt-Gallen»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
«Lugano» yirik hisobda g‘alaba qozondi
«Lugano» hisobni 4-daqiqada Bekhem Kastroning goli bilan ochdi. Keyin Elias Pilstryom 14 va 28-daqiqalarda ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Karimovning 36-daqiqadagi golidan so‘ng hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi.
«Sankt-Gallen» safida Andrin Xuntsiker 74-daqiqada bitta javob golini urdi. Shundan so‘ng hisob o‘zgarmadi va bahs «Lugano»ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Karimov «Lugano»ga avgustda o‘tgan edi
«Lugano» Behruz Karimov transferini 2026-yil avgustida rasman e’lon qilgan.
O‘zbekistonlik futbolchi yangi klubi safida Konferensiyalar ligasi saralash bosqichida «Makkabi Tel-Aviv»ga qarshi javob uchrashuvida debyut qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Behruz Karimovning o‘yini qanday baholangani haqida yozgan edi.