Dollar «uchmoqda»: 18-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

18-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 35,91 so‘mga oshib, 11 833,37 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
11-sentabr kuni 14,45 so‘mga tushib, 11 783,47 so‘mni, 14-sentabr kuni 17,71 so‘mga tushib, 11 765,76 so‘mni, 15-sentabrda esa 0,55 so‘mga tushib, 11 765,21 so‘mni tashkil etdi. 16-sentabr kuni 9,71 so‘mga oshib, 11 774,92 so‘mga, 17-sentabr kuni esa 22,54 so‘mga oshib, 11 797,46 so‘mga tenglashdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi
Yevro kursida pasayish kuzatildi. Yevropa valyutasi 30,76 so‘mga tushib, 13 577,61 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,02 so‘mga oshib, 139,79 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» 17-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.