Gavjumlik metropolitenlarga xos holat — metroda tig‘iz vaqtlar ma’lum qilindi

eʼlon qilindi
Eng katta gavjumlik ertalab va kechki tig‘iz vaqtlarda kuzatilmoqda
«Novza» metrosi
Foto: Toshkent metropoliteni

14-sentabr kuni Toshkent metropoliteni xizmatlaridan 1,16 mlndan ortiq yo‘lovchilar foydalandi. Yo‘lovchilar oqimi oshib borayotgani sabab yaqin kunlarda kunlik ko‘rsatkich 1,2 mln nafardan ham oshishi kutilmoqda.

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, eng katta gavjumlik ertalab va kechki tig‘iz vaqtlarda kuzatilyapti.

Eng gavjum vaqtlar ma’lum qilindi

Yo‘lovchilar oqimi ertalab soat 07:00 – 09:00 hamda kechki 16:00 – 19:00 oralig‘ida keskin ortmoqda.

Shu paytlarda ayrim bekatlar va poyezdlarda gavjumlik yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Shuningdek, o‘qing: Toshkentda avtobus va metro yo‘lkirasi oshirilishi mumkin

Metropoliten buni yirik shaharlarga xos holat deb baholadi

Toshkent metropoliteni bunday gavjumlik dunyoning boshqa yirik shaharlari metrosida ham kuzatilishini bildirdi.

Xususan, Moskva, Sankt-Peterburg va Minskda ham ish hamda o‘qish boshlanadigan va tugaydigan vaqtlarda yo‘lovchilar soni sezilarli oshishi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent avtobuslari ham yo‘lovchi soni bo‘yicha rekord o‘rnatgani ma’lum qilingandi.

Shuningdek