O‘zbekiston bokschilarining Osiyo o‘yinlaridagi tarkibi ma’lum bo‘ldi

19-sentabrdan Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida boshlanadigan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 11 nafar bokschi bilan ishtirok etadi. Musobaqa 4-oktabrgacha davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Erkaklar tarkibi
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasiga quyidagi bokschilar kiritilgan:
- 55 kg – Samandar Olimov
- 60 kg – Abdumalik Halokov
- 70 kg – Shavkatjon Boltayev
- 80 kg – Fazliddin Erkinboyev
- 90 kg – To‘rabek Habibullayev
- +90 kg – Jahongir Zokirov
Erkaklar terma jamoasining bosh murabbiyi – To‘lqin Qilichev.
Murabbiylar shtabidan Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron G‘afurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostov va Sherzodbek Ahmadjonov o‘rin olgan.
Ayollar tarkibi
Ayollar terma jamoasi besh vazn toifasida qatnashadi:
- 51 kg – Feruza Kazakova
- 54 kg – Nigina O‘ktamova
- 60 kg – Sitora Turdibekova
- 65 kg – Navbahor Hamidova
- 75 kg – Aziza Zokirova
Ayollar terma jamoasining bosh murabbiyi – Elshod Rasulov. Murabbiylar – Barbaro Fernandes Ximenes, Islom Tojiboyev va Azim Xudoyqulov.
Jamoa rahbari – Mirshohid Tillaboyev. Shifokor – Komiljon Rasulov, fizioterapevt – Xesus Alberto.
Avvalroq nufuzli BoxRec portali havaskor erkak bokschilar o‘rtasidagi yangilangan pound-for-pound reytingini e’lon qilgandi. Unda O‘zbekistonning to‘rt nafar vakili dunyoning eng kuchli o‘n nafar havaskor bokschisi qatoridan joy olgandi.