Shaxmat Olimpiadasi: O‘zbekiston vakillari 2-turni qanday o‘tkazdi

Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 2-turida O‘zbekiston vakillari qator g‘alabalarni qayd etdi. Asosiy erkaklar jamoasi Peru bilan, ayollar jamoasi esa Ekvador bilan bahslashdi. Bu haqda UzChess xabr berdi.
Asosiy jamoada uchala shaxmatchi g‘alaba qozondi
O‘zbekistonning asosiy erkaklar jamoasi Peru terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Nodirbek Abdusattorov Jorge Korini, Shamsiddin Vohidov Steven Rojas Salasni, Muhiddin Madaminov esa Fernando Miguel Fernandez Sanchezni mag‘lub etdi.
1-turda dam olgan Javohir Sindorov ham 2-turdan musobaqaga qo‘shildi. U perulik xalqaro usta Diego Saul Rodri Flores Kuillas ustidan g‘alaba qozondi. Natijada O‘zbekistonning asosiy jamoasi Peru ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ayollar jamoasi Ekvadorni mag‘lub etdi
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham 2-turda Ekvadorga qarshi bahs olib bordi.
Afruza Hamdamova Anahi Ortizni, Gulruhbegim Tohirjonova Karla Heredia Serrano, Umida Omonova Kerly Samantha Jaramillo Rivadeneyrani, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva esa Arlette Guerrero Kaikedoni mag‘lub etdi.
Shu tariqa O‘zbekiston ayollar jamoasi ham raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ikkinchi jamoada ikki g‘alaba va bir durang
O‘zbekistonning ikkinchi erkaklar jamoasi 2-turda Jazoir terma jamoasiga qarshi bahslashdi.
Ortiq Nig‘matov Ala Eddine Boulrensni, Muhammadzohid Suyarov esa Saad Belouadahni mag‘lub etdi.
Humoyun Begmuratov Halil Bengherabi bilan durang o‘ynadi. Jamoaning yana bir vakili Jahongir Vohidov esa Adlane Arabga imkoniyatni boy berdi. Shu sabab O‘zbekiston-2 Jazoirga qarshi 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.
Musobaqa Samarqandda davom etmoqda
46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi Samarqandda 16 – 27-sentabr kunlari o‘tkazilmoqda. Musobaqada O‘zbekiston mezbon davlat sifatida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslarda uchtadan jamoa bilan ishtirok etmoqda.
Avvalroq Samarqandda o‘tkazilgan parashaxmat bo‘yicha 3-Olimpiada yakunlangni haqida xabar berilgandi.