Tolibon Qirg‘izistondan BMT Xavfsizlik Kengashida qo‘llab-quvvatlashni so‘radi

eʼlon qilindi
Afg‘oniston masalasi BMT kun tartibida qolmoqda
Tolibon Qirg‘izistondan BMT Xavfsizlik Kengashida qo‘llab-quvvatlashni so‘radi
Foto: Arun SANKAR / AFP

Afg‘onistonning Tolibon hukumati tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy Qirg‘izistondan 2027-yildan BMT Xavfsizlik Kengashida Afg‘oniston masalalarida qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. Bu haqda Tolibon tashqi ishlar vazirligi Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon muloqotidan so‘ng ma’lum qildi.

Qirg‘iziston 2026-yil iyunida 2027 – 2028-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zosi etib saylangan. Mamlakat ushbu organ tarkibiga ilk bor kiradi.

Tolibon o‘zaro yordamga chaqirdi

Tolibon TIV ma’lumotiga ko‘ra, Muttaqiy Qirg‘izistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga saylanishini muhim yutuq deb atagan va ushbu tuzilma doirasida ikki tomonlama hamkorlik hamda o‘zaro yordamni kuchaytirish zarurligini bildirgan.

Qirg‘iziston TIVning rasmiy xabarida esa telefon suhbatida savdo, iqtisodiyot va investitsiya aloqalarini rivojlantirish muhokama qilingani qayd etilgan. Unda Tolibonning BMT Xavfsizlik Kengashida bevosita qo‘llab-quvvatlash haqidagi iltimosi alohida tilga olinmagan.

Savdo va qo‘shma loyihalar ham muhokama qilindi

Shuningdek, o‘qing: AQSh «Tolibon»ning taklifini rad etdi

Tomonlar yuqori darajadagi delegatsiyalar almashinuvi, muntazam siyosiy maslahatlashuvlar va ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqdi.

Savdo hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ham muzokaralar mavzularidan bo‘lgan.

Afg‘oniston masalasi BMT kun tartibida qolmoqda

BMT Xavfsizlik Kengashida Afg‘onistondagi vaziyat muntazam muhokama qilinadi. 16-sentabrdagi yig‘ilishda ham ayollar va qizlar huquqlariga qo‘yilgan cheklovlar, inklyuziv boshqaruv va mamlakatdagi terrorchilik guruhlari bilan bog‘liq xavotirlar ko‘tarilgan.

Tolibon 2021-yil avgustida Afg‘onistonda hokimiyatni qayta egallagan. Uning xalqaro tan olinishi masalasi esa hanuz xalqaro muzokaralarning asosiy mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston Afg‘oniston hududiga zarba bergani va qurbonlar borligi ma’lum qilingandi.

Shuningdek