UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain xususiylashtiriladi, ayrim kompaniyalarning IPO’ga tayyorgarligini baholash boshlandi — 17-sentabr yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti

UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain xususiylashtiriladi, ayrim kompaniyalarning IPO’ga tayyorgarligini baholash boshlandi – 17-sentabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Krishtianu Ronaldu «Al-Nassr»ni yanvarda tark etishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nassr»ni yanvarda tark etishi mumkin
Foto: Ronaldu/ Instagram

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027-yil yanvaridagi qishki transfer oynasida Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda saudiyalik jurnalist va insayder Saud Al-Sarami ma’lum qildi.

Behruz Karimov «Lugano» safidagi ilk golini urdi

Behruz Karimov «Lugano» safidagi ilk golini urdi
Foto: Instagram/ @fcluganoofficial

O‘zbekistonlik himoyachi Behruz Karimov Shveysariya Superligasida «Lugano» safidagi ilk golini kiritdi. Uning jamoasi «Sankt-Gallen»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

«Lugano» hisobni 4-daqiqada Bekhem Kastroning goli bilan ochdi. Keyin Elias Pilstryom 14 va 28-daqiqalarda ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Karimovning 36-daqiqadagi golidan so‘ng hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi.

Elektrotexnika loyihalariga kredit foizlari 3 yilgacha kompensatsiya qilinadi

Elektrotexnika loyihalariga kredit foizlari 3 yilgacha kompensatsiya qilinadi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda 2026 – 2028-yillarda elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun ajratiladigan kreditlarning foiz xarajatlari qisman qoplab beriladi. Shuningdek, kamida $50 mln investitsiya kiritadigan yirik xalqaro investorlar uchun 10 yilgacha soliq imtiyozlari beriladi.

UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain xususiylashtiriladi

Manba: Chevrolet

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalaridagi davlat ulushlarini xususiylashtirish bo‘yicha tenderlarni yaqin vaqt ichida e’lon qiladi. Bu haqda 17-sentabr kuni agentlik direktori o‘rinbosari Alisher Miraliyev VIII xalqaro Cbonds konferensiyasida ma’lum qildi.

Dollar «uchmoqda»: 18-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Dollar «uchmoqda»: 18-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

18-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 35,91 so‘mga oshib, 11 833,37 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi.

Yevro kursida pasayish kuzatildi. Yevropa valyutasi 30,76 so‘mga tushib, 13 577,61 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,02 so‘mga oshib, 139,79 so‘mni tashkil qildi.

AQSh Federal rezervi asosiy stavkani 4 foizgacha oshirdi

AQSh Federal rezervi asosiy stavkani 4 foizgacha oshirdi
Foto: Stock Down Under

AQSh Federal rezerv tizimi (Fed) 16-sentabr kuni asosiy foiz stavkasini 0,25 foiz bandga oshirib, yillik 3,75 – 4 foiz oralig‘ida belgiladi. Bu Fedning 2023-yil iyulidan buyon stavkani birinchi marta oshirishi bo‘ldi. Qaror Federal ochiq bozor qo‘mitasi tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

UzNIF tarkibidagi energetika kompaniyalarida vaziyat o‘zgarishi mumkin — Marius Dan

UzNIF tarkibidagi energetika kompaniyalarida vaziyat o‘zgarishi mumkin — Marius Dan
Foto: UzNIF

UzNIF portfelidagi kompaniyalarni «eng yaxshi» va «eng zaif» guruhlarga ajratmaydi, biroq tarixan eng katta moliyaviy qiyinchiliklar energetika sektoridagi korxonalarda kuzatilgan. Bu haqda Franklin Templeton Asset Management bosh direktori Marius Dan UzNIF aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Kursiv Uzbekistan savoliga javoban ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, elektr va gazni taqsimlash hamda uzatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning zarar ko‘rishiga asosan tariflarni shakllantirish tizimi sabab bo‘lgan.

Ayrim kompaniyalarning IPO’ga tayyorgarligini baholash boshlandi — UzNIF

Ayrim kompaniyalarning IPO’ga tayyorgarligini baholash boshlandi — UzNIF
Foto: UzNIF

UzNIF portfelidagi ayrim kompaniyalarning IPO’ga tayyorgarlik darajasini baholash boshlandi. Baholash jarayonida ularning moliyaviy hisobotlari, korporativ boshqaruvi, operatsion tayyorgarligi va investorlar uchun jozibadorligi o‘rganilmoqda. Bu haqda UzNIF aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari yana oshdi

Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qanday
Foto: depositphotos

14-sentabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,6 foizdan 21,9 foizga oshdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,5 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,5 foizni ko‘rsatmoqda.

Makkaga hujum: O‘zbekiston husiylarni qoraladi

Foto: Haberler.com

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining muqaddas Makka shahriga yo‘naltirilgan uchuvchisiz uchish apparati yordamidagi hujumga urinishni qat’iyan qoraladi. Bu haqda TIV 17-sentabr kuni bayonot berdi.

AQSh harbiylari Oy atrofida jangga tayyorlanishi kerak

Foto: NASA

AQSh Qurolli kuchlari nafaqat Yer orbitasida, balki Oy atrofidagi hududda ham ehtimoliy jangovar harakatlarga tayyorlanishi kerak. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn ma’lum qildi.

Shuningdek