UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain xususiylashtiriladi

eʼlon qilindi
Xususiylashtirishga tayyorgarlik davom etmoqda
Manba: Chevrolet

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalaridagi davlat ulushlarini xususiylashtirish bo‘yicha tenderlarni yaqin vaqt ichida e’lon qiladi. Bu haqda 17-sentabr kuni agentlik direktori o‘rinbosari Alisher Miraliyev VIII xalqaro Cbonds konferensiyasida ma’lum qildi.

Davlatning UzAuto Motors’dagi ulushi 99,7 foiz

Avvalgi xususiylashtirish rejasiga ko‘ra, UzAuto Motors’dagi 99,7 foiz va UzAuto Motors Powertrain’dagi 100 foiz davlat ulushini sotish ko‘zda tutilgan edi. Mazkur kompaniyalar davlat ulushi ommaviy savdoga taklif etilishi rejalashtirilgan yirik aktivlar ro‘yxatiga ham kiritilgan.

Dastlab ushbu xususiylashtirish jarayonlarini 2025-yil oxiri va 2026-yil boshida amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Biroq tenderlar hozirgacha e’lon qilinmagan.

Xususiylashtirishga tayyorgarlik davom etmoqda

2026-yil aprel oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov prezidentga yirik davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorgarlik haqida axborot bergan edi.

Unda UzAuto Motors va uning tarkibidagi korxonalar, shuningdek, «Navoiyazot» va issiqlik elektr stansiyalarini xususiylashtirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari davom etayotgani ma’lum qilingan.

Avvalroq «Kursiv» UzAuto Motors birinchi Chevrolet gibrid avtomobilini sotuvga chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek