«Chuqur» yulduzi narkotik ishi bo‘yicha qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
«Muhtasham yuz yil» va «Chuqur» seriallaridagi rollari bilan tanilgan
Foto: Pinimg.com

Turkiyalik aktyor Aras Bulut Iynemli, «Muhtasham yuz yil» va «Chuqur» seriallaridagi rollari bilan tanilgan, Istanbuldagi narkotiklar bo‘yicha tergov doirasida qo‘lga olingan 18 gumondor qatoridan joy oldi. Bu haqda Haberler xabar berdi. 

Ish bo‘yicha 18 kishiga nisbatan qaror chiqarildi

Tergovni Istanbulning Bakirkoy tumani Bosh prokuraturasi olib bormoqda. Tergov narkotik va psixotrop moddalarni iste’mol qilish, ulardan foydalanishni osonlashtirish hamda buning uchun joy taqdim etish bilan bog‘liq.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, tergov davomida gumondorlarning narkotik va stimulyator moddalarni iste’mol qilgani, ulardan foydalanishga ko‘maklashgani yoki buning uchun joy ajratganiga oid asosli shubhani tasdiqlovchi dalillar aniqlangan.

18-sentabr kuni Istanbul viloyati jandarmeriyasiga gumondorlarni qo‘lga olish, ularning uy va ish joylarida tintuv o‘tkazish, biologik tekshiruvlar amalga oshirish hamda ko‘rsatmalarini olish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Iynemli bilan birga yana qaysi mashhurlar bor

Ish doirasida Aras Bulut Iynemli bilan birga turkiyalik qo‘shiqchi Sefo (Sayfulloh Sag‘ir), sobiq futbolchi Hasan Shash, aktrisalar Melis Sezen, Nilperi Shahinkaya, Melis Ishiten va Hazal Filiz Kyuchyukkese kabi taniqli shaxslarning ham nomi tilga olingan.

Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, operatsiya davomida 15 nafar gumondor qo‘lga olingan. Ular orasida Iynemli, Safo, Melis Sezen, Nilperi Shahinkaya, Hasan Shash va boshqa taniqli shaxslar bor.

Gumondor bo‘lish ayb isbotlanganini anglatmaydi

Tergov doirasidagi qo‘lga olish qarori shaxslarning aybi sud tomonidan tasdiqlanganini anglatmaydi. Hozirda ish bo‘yicha tergov davom etmoqda va gumondorlarning protsessual maqomi tergov natijalariga ko‘ra belgilanadi.

Avvalroq Norvegiyada Kirsti Larsen ismli ayol o‘g‘liga qo‘ygan ismi sabab yuzaga kelgan nizodan keyin ikki kunlik qamoq jazosini o‘tab chiqqandi.

Shuningdek