Mirziyoyevning korteji rejadan tashqari to‘xtadi — video

eʼlon qilindi
Prezident aholi bilan suhbatlashdi
Foto: ekran tasviri

18-sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Nukus shahridagi 24/7 ko‘chaga borib, aholi bilan suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari ko‘chada sayr qilib, nukusliklar bilan muloqot qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda Mirziyoyev jonli ijroda qo‘shiq kuylayotgan yoshlar bilan ham suhbatlashgani ko‘rinadi.

Xususan, videolardan birida yoshlar «Mendirman o‘sha» qo‘shig‘ini jonli ijro etayotgan paytda prezident ularning chiqishini kuzatgani aks etgan.

Ma’lumot uchun, Mirziyoyev 18-sentabr kuni Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan borgan. Tashrif davomida hududdagi sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, ta’lim, transport va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda qiymati 592 mln dollarlik 11 ta loyiha ishga tushirilgandi, yana 7 mlrd dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berilgan.

Shuningdek