«Oqshom ertaklari» boshlovchisi Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

eʼlon qilindi
U sahnada 100 ga yaqin turli obrazlarni ijro etgan
«Oqshom ertaklari» boshlovchisi Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi
Foto: Madaniyat vazirligi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktrisasi Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Yodgora Ziyomuhamedova 34 yildan ortiq O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.

U sahnada 100 ga yaqin turli obrazlarni ijro etgan. Jumladan, «Qizil shapkacha»da Qizil shapka, «Zumrad va Qimmat»da Qimmat, «Farzandim jigarbandim»da Sanobar, «Sening taqdiring»da Nazira, «Yarash-yarash»da Pokiza, «Burgut»da Gulnur va «Birinchi muallim»da Oltinoy obrazlarini yaratgan.

«Oqshom ertaklari»ni 25 yil olib borgan

Aktrisa teatr bilan birga televideniye va kinoda ham faol ijod qilgan. U bolalar orasida mashhur bo‘lgan «Oqshom ertaklari» ko‘rsatuvini 25 yil davomida olib borgan.

Madaniyat vazirligi Yodgora Ziyomuhamedovaning milliy san’at rivojiga qo‘shgan hissasi va ijodiy merosi xalq xotirasida saqlanib qolishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Toshkent yo‘lbarsi» Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etgani ma’lum qilingandi.

Shuningdek