Samsung Galaxy S26 uchun sentabrdagi muhim yangilanish tarqatila boshlandi

18-sentabr 2026 08:37 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto; Sammobile

Google Samsung Galaxy S26 smartfonlari uchun 2026-yil sentabr oyiga mo‘ljallangan Google Play System yangilanishini tarqata boshladi. Dastlab yangi versiya Android 17 asosidagi One UI 9.0 tizimida ishlaydigan Galaxy S26 seriyasi qurilmalariga yetib bormoqda.

Bu oddiy One UI yangilanishi emas

Google Play System yangilanishlari Samsung’ning One UI tizim yangilanishlari yoki oylik xavfsizlik patchlaridan farq qiladi.

Ushbu mexanizm orqali Google Android’ning muhim tizim komponentlarini Google Play orqali alohida yangilashi mumkin. Buning uchun smartfon ishlab chiqaruvchisi to‘liq yangi proshivka chiqarishi shart emas.

Bu usul ayrim tizim funksiyalari, xavfsizlik komponentlari va Google xizmatlari bilan bog‘liq qismlarni tezroq yangilash imkonini beradi.

Yangilanish barcha qurilmalarga bir vaqtda kelmaydi

Google Play System yangilanishi bosqichma-bosqich tarqatilmoqda. Shu sababli Galaxy S26 foydalanuvchilarida u hudud va modelga qarab turli vaqtda paydo bo‘lishi mumkin. Hozircha yangilanish birinchi navbatda Galaxy S26 liniyasiga yetib kelgani ma’lum.

Avvalroq «Kursiv» Samsung One UI 9 yangilanishini tarqatishni boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek