Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Qoraqalpog‘istonda bo‘ladi

eʼlon qilindi
Yangi loyihalarga start beriladi
Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Qoraqalpog‘istonda bo‘ladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi. Safar davomida hududdagi sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar bilan tanishish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechiradi.

Yangi loyihalarga start beriladi

Tashrif doirasida bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish hamda ularning qurilishiga start berish rejalashtirilgan.

Prezident hududda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar bilan ham tanishadi.

Shuningdek, o‘qing: Mo‘ynoqda tuya sutidan oziq-ovqat va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi

Safar davomida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘nggi ikki oyda Nukusga 44 ta zamonaviy avtobus olib kelingani ma’lum qilingandi. Yangi avtobuslar shahar ichki yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida qatnovga chiqariladi.

Prezident topshiriqlari ijrosi doirasida hududlarda jamoat transportini modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Xususan, Nukus shahrida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi «Fayz Avangard» MChJ 32 ta, «Mangit Lestorg» MChJ esa 12 ta zamonaviy avtobus olib keldi.

Shuningdek