«Toshshahartransxizmat» haydovchilar maoshi bo‘yicha e’tirozlarga izoh berdi

eʼlon qilindi
Haydovchilarning e’tirozlari tekshiriladi
«Toshshahartransxizmat» haydovchilar maoshi bo‘yicha e’tirozlarga izoh berdi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

Toshkentda avtobus haydovchilarining oylik maoshi kechikayotgani va to‘lovlardagi noaniqliklar haqida video tarqaldi. «Toshshahartransxizmat» AJ holatni tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzilganini ma’lum qildi.

«Toshshahartransxizmat» ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyaning sakkizta avtobus saroyida ishlovchi haydovchilarning ish haqi oy yakunlangach hisoblab chiqiladi.

Keyingi oyning 1 – 10-sanalarida haydovchining ishlagan soatlari, bajargan qatnovlari va ularning muntazamligi tekshiriladi. Shuningdek, yo‘nalishda ishlash vaqtida sodir etilgan qoidabuzarliklar ham hisobga olinadi.

Barcha ma’lumotlar yig‘ilgach, oyning 10-sanasidan boshlab yakuniy ish haqi hisob-kitobi amalga oshiriladi va to‘lovlar boshlanadi.

Shuningdek, o‘qing: Toshkentda avtobus va metro yo‘lkirasi oshirilishi mumkin

Kompaniya avgust oyi uchun hisoblangan ish haqlari haydovchilarga 15-sentabrdan boshlab to‘lana boshlaganini bildirdi.

Haydovchilarning e’tirozlari tekshiriladi

Videoda bildirilgan e’tirozlarni o‘rganish uchun «Toshshahartransxizmat» mas’ul xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilgan.

Kompaniyaning qayd etishicha, haydovchilarning barcha murojaatlari alohida tekshiriladi. Agar kamchiliklar aniqlansa, mas’ul shaxslarga belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropoliteni gavjumlikni dunyoning boshqa yirik shaharlari metrosida ham kuzatilishini bildirgandi. Xususan, Moskva, Sankt-Peterburg va Minskda ham ish hamda o‘qish boshlanadigan hamda tugaydigan vaqtlarda yo‘lovchilar soni sezilarli oshishi qayd etildi.

Shuningdek