Yaponiyada o‘zbekistonlik haydovchilar uchun yangi ish dasturi boshlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
8 oygacha bepul tayyorgarlik beriladi
Yaponiyada o‘zbekistonlik haydovchilar uchun yangi ish dasturi boshlandi
Foto: depositphotos

Migratsiya agentligi va Yaponiyaning Proud Partners kompaniyasi hamkorligida o‘zbekistonlik haydovchilarni Yaponiyada ishga tayyorlash bo‘yicha yangi qabul boshlandi. Dastur ishtirokchilariga 8 oygacha bepul tayyorgarlik, yotoqxona va yashash xarajatlarining 90 foizigacha qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Dastur 21 – 35 yoshdagi, «BC» toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan. «C» toifadagi guvohnoma olinganiga kamida ikki yil bo‘lgan bo‘lishi kerak.

Nomzodlar Yaponiyada ishlashga va tayyorgarlik dasturida muntazam qatnashishga tayyor bo‘lishi kerak. Yapon tilini biladiganlarga ustunlik beriladi.

Dastur doirasida yapon tili va haydovchilik sohasi bo‘yicha 8 oygacha bepul intensiv kurs tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilarga bepul yotoqxona beriladi.

Migratsiya agentligi yashash xarajatlarining 90 foizigacha qoplashda yordam beradi.

Shuningdek, o‘qing: Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun 200 ta ish o‘rni taklif qilindi

Ishchi viza va turarjoy bo‘yicha ham ko‘mak beriladi

Tayyorgarlikdan o‘tgan nomzodlarga Yaponiyada ishchi viza asosida rasmiy ish o‘rinlari taklif etilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, turarjoy, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta, aviachipta hamda viza xarajatlari bo‘yicha ham yordam beriladi.

Dastur tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, avvalgi ishtirokchilarning asosiy qismi 5-6 oy ichida kerakli yapon tili va kasbiy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, ish takliflariga ega bo‘lgan.

Yangi guruh oktabrda o‘qishni boshlaydi

Yangi guruh uchun o‘qish oktabr oyidan boshlanadi. Tayyorlov kursining maksimal davomiyligi 8 oy etib belgilangan.

Oylik daromad ish joyi, ish vaqti va qo‘shimcha to‘lovlarga qarab farq qiladi.

Dasturda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorvatiyada o‘zbekistonliklar uchun 16 ta ish o‘rni taklif qilingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek