21-sentabr kuni O‘zbekistonda havo 37 darajagacha isiydi

eʼlon qilindi
Toshkentda 31 darajagacha issiq bo‘ladi
21-sentabr kuni O‘zbekistonda havo 37 darajagacha isiydi
Foto: depositphotos

21-sentabr kuni O‘zbekistonda, asosan, quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat 27–32 daraja atrofida bo‘ladi. Mamlakat janubida esa havo 37 darajagacha isishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda 31 darajagacha issiq bo‘ladi

Poytaxtda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 3–8 m/s ni tashkil etadi. Kunduzi havo harorati 29–31 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda esa 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Tog‘larda havo harorati 20–25 daraja atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 20-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek