Argentinada Milei davrida 30 mingga yaqin kompaniyalar yopildi

eʼlon qilindi
Kuniga o‘rtacha 33 ta kompaniya yopilgan
Argentinada Milei davrida 30 mingga yaqin kompaniya yopildi
Foto: Pexels

Argentinada Xavyer Milei prezidentlik lavozimiga kirishganidan buyon qariyb 30 ming kompaniya faoliyatini to‘xtatdi. Eng katta qisqarish chakana savdo, transport, ko‘chmas mulk va sanoat sohalarida qayd etilgan. Bu haqda DW ma’lum qildi.

Kuniga o‘rtacha 33 ta kompaniya yopilgan

DW hisob-kitobiga ko‘ra, Milei hokimiyatga kelganidan keyingi davrda Argentinada kuniga o‘rtacha 33 ta korxona yopilgan.

Biznes vakillari bunga, avvalo, ichki talabning pasayishi va faoliyat xarajatlarining keskin oshishini sabab sifatida ko‘rsatmoqda. Elektr energiyasi, gaz, suv va transport xarajatlari sezilarli qimmatlashgani qayd etilgan.

400 mingdan ortiq kishilar rasmiy ish o‘rnidan ayrildi

Kompaniyalar sonining qisqarishi mehnat bozoriga ham ta’sir qilgan. DW ma’lumotiga ko‘ra, 400 mingdan ortiq kishilar kompaniyalardagi rasmiy ishini tark etgan.

Ularning bir qismi o‘zini o‘zi band qilishga yoki norasmiy sektorda ishlashga o‘tgan.

Argentina hukumatining 2026-yil iyuniga oid rasmiy statistikasi mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan xususiy sektor yollanma xodimlari soni 6,09 mln kishini tashkil etganini va bir oyda 0,1 foizga kamayganini ko‘rsatadi.

Avvalroq «Kursiv» Argentina nikotinli mahsulotlarni tartibga solish tizimini qanday o‘zgartirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek