Chevrolet yangi S10 Max pikapini taqdim etdi

21-sentabr 2026 16:24 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet yangi S10 Max pikapini taqdim etdi
Foto: GM Authority

Chevrolet 2026-yilgi S10 Max pikapini Misr bozorida rasman sotuvga chiqardi. O‘rta o‘lchamli model 2,0 litrli turbodizel dvigatel, mexanik yoki avtomatik uzatmalar qutisi hamda 4×2 va 4×4 versiyalarda taklif etiladi.

GM Authority ma’lumotiga ko‘ra, S10 Max kundalik foydalanish bilan birga og‘ir ish sharoitlari uchun ham moslashtirilgan. Model Misr yo‘llari va mahalliy xaridorlar ehtiyojlari hisobga olingan holda tayyorlangan.

Uchta komplektatsiyada sotiladi

Foto: GM Authority

2026-yilgi Chevrolet S10 Max Misrda Comfort, Comfort+ va Delux versiyalarida taqdim etildi. Barcha avtomobillar to‘rt eshikli Crew Cab kuzovida ishlab chiqariladi.

Modelning barcha versiyalarida xavfsizlik va kundalik foydalanish uchun zarur texnologiyalar mavjud. Eng yuqori Delux komplektatsiyasi esa qo‘shimcha qulayliklar bilan jihozlangan.

2,0 litrli turbodizel dvigatel o‘rnatilgan

Foto: GM Authority

S10 Max 2,0 litrli turbodizel dvigatel bilan jihozlangan. U 156 ot kuchi va 400 Nm aylanish momentini ishlab chiqaradi.

Comfort’ning 4×2 va 4×4 versiyalarida olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi o‘rnatiladi. Delux komplektatsiyasida esa sakkiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi taklif etiladi.

Chevrolet’ning qayd etishicha, dvigatel GM’ning Misrdagi muhandislik jamoasi tomonidan mahalliy yo‘l sharoitlariga moslashtirilgan.

Shuningdek, o‘qing: Chevrolet Cobalt 2020: keng salon, avtomat uzatma va katta yukxona

Avtomobillar Xitoydan olib kelinadi

Foto: GM Authority

Yangi Chevrolet S10 Max hozirda Misrdagi Chevrolet dilerlik markazlarida sotuvga chiqarilgan. Avtomobillar mamlakatga Xitoydan import qilinadi.

S10 Max Chevrolet’ning Misrdagi tijorat avtomobillari qatorida T-Series Chassis Cab modelidan yuqoriroq o‘ringa joylashtirilgan.

Misr bozori uchun mo‘ljallangan S10 Max konfiguratsiyasi 2025-yilda Ekvadorda Chevrolet D-Max nomi bilan taqdim etilgan pikapga yaqin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Onix va Tracker’da havo filtrini qachon almashtirish kerakligi haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek