Dollar tushdi: 22-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
19-sentabr kuni esa 6,22 so‘mga oshib, 11 839,59 so‘m bo‘lgandi
Dollar tushdi: 22-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

22-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 29,77 so‘mga tushib, 11 809,82 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

15-sentabrda esa 0,55 so‘mga tushib, 11 765,21 so‘mni tashkil etdi. 16-sentabr kuni 9,71 so‘mga oshib, 11 774,92 so‘mga, 17-sentabr kuni 22,54 so‘mga oshib, 11 797,46 so‘mga, 18-sentabr kuni esa 35,91 so‘mga oshib, 11 833,37 so‘mga tenglashdi. 19-sentabr kuni esa 6,22 so‘mga oshib, 11 839,59 so‘m bo‘ldi.

Shuningdek, o‘qing: Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi

Yevro kursida oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 0,13 so‘mga oshib, 13 569,48 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,26 so‘mga oshib, 140,68 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» 19-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek