Facebook va Instagramda uzilishlar kuzatilmoqda

eʼlon qilindi
Nosozlik saytlar, mobil ilovalar va akkauntlarga kirish jarayoniga ta’sir qilgan
Facebook va Instagramda uzilishlar kuzatilmoqda
Foto: depositphotos

Facebook va Instagram’da keng ko‘lamli nosozlik yuz berdi. Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, bir soat ichida Facebook bo‘yicha 17 mingdan ortiq, Instagram bo‘yicha esa 5 mingdan ortiq foydalanuvchilar muammo haqida xabar bergan.

TASS xabariga ko‘ra, nosozlik saytlar, mobil ilovalar va akkauntlarga kirish jarayoniga ta’sir qilgan.

Facebook foydalanuvchilarining 66 foizi sayt ishlashida muammoga duch kelgan. Yana 12 foizi mobil ilovadagi nosozliklar haqida xabar bergan, 14 foizi esa akkauntiga kira olmagan.

Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonda 10 yoshdan oshgan 97 foiz aholi internetdan foydalanadi

Instagram’da ham muammolar qayd etildi

Instagram bo‘yicha 5 mingdan ortiq foydalanuvchi nosozlik haqida xabar bergan.

Shikoyatlarning 66 foizi sayt bilan, 15 foizi mobil ilova bilan, 11 foizi esa akkauntga kirish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Hozircha nosozlik sababi va xizmatlar qachon to‘liq tiklanishi haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda odamlar ijtimoiy tarmoqlarda necha soat vaqt o‘tkazishi haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek