Fond bozori: «O‘zbektelekom» aksiyalari bir haftada qariyb 60 foizga oshdi

eʼlon qilindi
11-sentabrdan 18-sentabrgacha bo‘lgan davrda
Fond bozori: «O‘zbektelekom» aksiyalari bir haftada qariyb 60 foizga oshdi
Foto: depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 11-sentabrdan 18-sentabrgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Ammo UCI fond indeksi 23,84 foizga tushdi.

Ushbu davr mobaynida «O‘zbektelekom» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 59,96 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbekiston pochtasi» (+31,10) va «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» aksiyalarida (+23,94%) ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «Alskom» aksiyalari 27,78 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, «Portlatishsanoat» (-20,19%) va «O‘ztransgaz» (-19,94%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Kapital sug‘urta», «O‘zbekkimyomash zavodi» va «Minora qurish ekspeditsiyasi» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Bitimlar soni bo‘yicha UzNIF (5 343 ta), «Hamkorbank» (3 059 ta) va «Uzbekinvest» (2 595 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «O‘zbekiston pochtasi» (3,94 mlrd so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» (2,07 mlrd so‘m) va «O‘zbektelekom» (1,93 mlrd so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonda ilk valyuta obligatsiyalari ro‘yxatga olindi

Yuqori likvidli aksiyalardan 27 tasi haftani ijobiy, uchtasi o‘zgarishsiz va 23 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 120,98 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq RFB «Toshkent» 2026-yil oxirigacha yangi platformani ishga tushirishi ma’lum qilingandi.

Shuningdek