Kichik halqa yo‘lida «Yashil to‘lqin» tizimi ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Yo‘l vaqti qariyb ikki daqiqaga qisqardi
Kichik halqa yo‘lida «Yashil to‘lqin» tizimi ishga tushirildi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining 5 kilometrlik qismida 12 ta svetofor o‘zaro sinxronlashtirildi. Natijada ushbu yo‘lni bosib o‘tish vaqti 11 daqiqa 30 soniyadan 9 daqiqa 40 soniyagacha qisqardi.

«Yashil to‘lqin» tizimi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti oldidagi piyodalar o‘tish joyidan Shayx Zayniddin ko‘chasi bilan kesishma hududidagi «Visol» to‘yxonasi qarshisidagi piyodalar o‘tish joyigacha bo‘lgan qismda joriy etildi.

Yo‘l harakatini tashkil qilish markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu yo‘nalishdagi 12 ta svetofor bir-biriga moslashtirilgan. Haydovchilar 50–60 km/soat tezlikda harakat qilsa, keyingi chorrahalardan ortiqcha to‘xtashlarsiz o‘tishi mumkin.

Yo‘l vaqti qariyb ikki daqiqaga qisqardi

Shuningdek, o‘qing: Toshkentdagi qaysi chorrahalarda tirbandlik yuqori

Tizim joriy etilishidan oldin 5 kilometrlik yo‘lni bosib o‘tish uchun 11 daqiqa 30 soniya talab qilingan. Svetoforlar sinxronlashtirilgach, haydovchi bir qatnovda 1 daqiqa 50 soniyagacha vaqt tejashi mumkin.

Markazga ko‘ra, tizim qizil chiroqda kutishlar, to‘xtash va qayta tezlanishlar sonini kamaytirib, avtomobillarning bir maromda harakatlanishiga yordam beradi.

Tizim boshqa yo‘llarda ham joriy etiladi

Poytaxtdagi transport oqimi yuqori bo‘lgan boshqa yo‘l qismlarida ham «Yashil to‘lqin» tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amir Temur xiyobonida beshta svetofor «Yashil to‘lqin» tizimiga ulangandi.

Shuningdek