O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi amaldagi chempion Hindistonni mag‘lub etdi

21-sentabr 2026 19:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi amaldagi chempion Hindistonni mag‘lub etdi
Foto: Uzchess

Samarqand shahrida davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-turida O‘zbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi amaldagi chempion Hindiston ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvga qadar har ikki jamoa ham dastlabki besh turning barchasida g‘alaba qozonib, maksimal natija qayd etib kelayotgan edi.

G‘alabani Yoqubboyev keltirdi

Uchrashuv taqdirini uchinchi taxtadagi bahs hal qildi. Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik grossmeyster Nihal Saringa qarshi partiyada raqibining xatosidan unumli foydalanib, to‘liq ochkoni qo‘lga kiritdi.

Aynan ushbu g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga umumiy hisobda 2,5:1,5 hisobida ustun kelish imkonini berdi.

Qolgan uchta partiya durang bilan yakunlandi

Birinchi taxtada Nodirbek Abdusattorov Rameshbabu Praggnanandha bilan durang o‘ynadi. Ikkinchi taxtada Javohir Sindorov Arjun Erigaisiga qarshi murakkab vaziyatdan chiqib, yarim ochkoni saqlab qoldi.

To‘rtinchi taxtada esa Shamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi durang qayd etdi.

6-tur natijalari

  • Nodirbek Abdusattorov – Rameshbabu Praggnanandha 0,5:0,5.
  • Javohir Sindorov – Arjun Erigaisi 0,5:0,5.
  • Nodirbek Yoqubboyev – Nihal Sarin 1:0.
  • Shamsiddin Vohidov – Gukesh Dommaraju 0,5:0,5.

O‘zbekiston yetakchilikni davom ettirmoqda

Hindiston ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi ketma-ket oltinchi uchrashuvini ham muvaffaqiyatli yakunladi.

Jamoa olti turdan keyin 12 ta jamoaviy ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Zelenskiyning maslahatchisi Timur Turlovning FIDE jamoasiga qo‘shilishga rozi bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek