O‘zbekistonda qizlar yigitlarga qaraganda tezroq ish topmoqda

eʼlon qilindi
O‘rtacha ish haqi bo‘yicha vaziyat aksincha
O‘zbekistonda qizlar yigitlarga qaraganda tezroq ish topmoqda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasida qizlar yigitlarga qaraganda tezroq ishga joylashmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi taqdim etgan «Bitiruvchilar sifati indeksi» tahlilida ma’lum qilindi. Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda amaliy magistratura tizimi joriy etilishi haqida yozgan edi.
Foto: Pexels

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasida qizlar yigitlarga qaraganda tezroq ishga joylashmoqda. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi taqdim etgan «Bitiruvchilar sifati indeksi» tahlilida ma’lum qilindi.

Agentlik bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalarini jinslar kesimida ham o‘rgangan.

Qizlarda bandlik darajasi yuqoriroq

Tahlil natijalariga ko‘ra, qiz bitiruvchilar orasida bandlik darajasi 85,1 foizni tashkil etgan. Yigitlarda esa bu ko‘rsatkich 80,4 foiz bo‘lgan.

Foto: Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

Ish topish tezligida ham qizlar oldinda. Ular o‘qishni tugatgach, o‘rtacha ikki oyda ishga joylashgan. Yigitlarga esa buning uchun o‘rtacha uch oy kerak bo‘lgan.

Ish haqida esa yigitlar ustun

Bandlik va ish topish tezligida qizlar yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa-da, o‘rtacha ish haqi bo‘yicha vaziyat aksincha.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yigit bitiruvchilarning o‘rtacha ish haqi 6 mln so‘mni tashkil etgan. Qizlarda esa bu ko‘rsatkich 3,9 mln so‘m bo‘lgan. O‘rtacha ish haqidagi farq 2,1 mln so‘mga teng.

Qaysi sohalarda natija yuqori?

Mehnat bozorida qizlar orasida eng yuqori natijalar transport xizmatlari, matematika va statistika, ta’lim, biznes va boshqaruv hamda gumanitar fanlar yo‘nalishlarida qayd etilgan.

Yigitlarda esa biznes va boshqaruv, sog‘liqni saqlash, san’at, matematika va statistika hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari yuqori natija ko‘rsatgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda amaliy magistratura tizimi joriy etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek