Ramzan Qodirov Checheniston rahbari saylovida g‘alaba qozondi

Chechenistonning amaldagi rahbari Ramzan Qodirov hudud rahbari saylovida 99,85 foiz ovoz oldi. Bu haqda Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga tayanib Interfax xabar berdi. Barcha byulletenlar hisoblab chiqilgan.
Raqiblari 0,05 foizdan ovoz oldi
Saylovda Qodirov «Yedinaya Rossiya» partiyasidan qatnashdi. «Spravedlivaya Rossiya» nomzodi Ismoil Denilxanov hamda KPRF vakili Xolid Nakayev 0,05 foizdan ovoz olgan.
Qodirov uchun eng yuqori natija
Bu Qodirovning Checheniston rahbari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlardagi eng yuqori natijasi bo‘ldi. 2016-yilda u 97,94 foiz, 2021-yilda esa 99,7 foiz ovoz olgan edi.
Saylovlar uch kun davom etdi
Rossiyada yagona ovoz berish kuni 20-sentabrga belgilangan bo‘lib, saylovlar 18 – 20-sentabr kunlari o‘tkazildi.
Bu safar Rossiyaning bir qator hududlarida mintaqa rahbarlari va mahalliy parlament deputatlari ham saylandi. Chechenistonda esa uch nomzod hudud rahbari lavozimi uchun kurashgan.
Avvalroq «Kursiv» Ramzan Qodirov o‘g‘lini hukumat raisi o‘rinbosari etib tayinlagani haqida yozgan edi.