Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda sezildi

eʼlon qilindi
Zilzilaning magnitudasi 4,9 ni tashkil qilgan

21-sentabr kuni Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonning ayrim hududlarida qayd etildi. Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila soat 15:48 da yuz berdi.

Zilzilaning magnitudasi 4,9 ni tashkil qilgan. Uning oʻchogʻi 160 kilometr chuqurlikda, Tojikistonning Togʻli Badaxshon hududida joylashgan. Yer silkinishi Soʻx tumani (2 ball), Quvasoy shahri ( 2 ball) va Fargʻona tumanida (2 ball) sezilgan. Zilzila episentri Toshkentdan 448 kilometr janubi-sharqda joylashgan.

Avvalroq Qirg‘izistondagi zilzila Andijon va Namangan viloyatlarida sezilgan edi.

Shuningdek