Toshkentda bank xodimlari mijozning 300 ming dollarini oʻzlashtirgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Tekshiruv davomida bank masʼul shaxslari fuqaro nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirgan
Dollar yana oshdi: 24-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

Toshkent shahridagi banklardan birining mas’ul xodimlari mijozning omonatidagi $300 mingni oʻzlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

$500 minglik omonatning bir qismi talon-toroj qilingan

Tergovga qadar tekshiruv davomida bank mas’ul shaxslari fuqaro nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirgani aniqlangan.

Departament ma’lumotiga koʻra, shu yoʻl bilan fuqaroning bankka joylashtirgan $500 minglik omonatidan $300 ming oʻzlashtirilgan.

Jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi – oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish hamda 228-moddasi – hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni qalbakilashtirish yoki ulardan foydalanish bilan bogʻliq normalar asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Bank nomi va ish boʻyicha gumon qilinayotgan xodimlar soni hozircha ochiqlanmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda bank xodimi 33 mln so‘mni o‘zlashtirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek