22-sentabr kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi
Poytaxtda havo +32 darajagacha isiydi
22-sentabr kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi
Foto: Pexels

22-sentabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, kun davomida eng yuqori harorat janubiy viloyatlarda +37 darajagacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo +32 darajagacha isiydi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +16…+18, kunduzi esa +30…+32 daraja bo‘ladi.

Hududlarda harorat qanday bo‘ladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Harorat kechasi +12…+17, kunduzi +27…+32 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat +13…+18, kunduzi esa +30…+35 darajani tashkil etadi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda o‘zgarib turadi. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +27…+32 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kun eng issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu hududlarda harorat kechasi +15…+20, kunduzi esa +32…+37 darajagacha yetadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi +27…+32 daraja bo‘ladi. Aksariyat hududlarda sharqdan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Farg‘ona vodiysida shamol tezligi 5–10 m/s atrofida bo‘lishi prognoz qilingan.

Tog‘larda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +20…+25 daraja bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» 21-sentabr kuni qanday ob-0havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek