Buxoroning tarixiy markazida ayrim transportlar harakati cheklanadi

2026-yil 1-oktabrdan Buxoro shahrining tarixiy qismida ayrim transport vositalari uchun cheklov joriy etiladi. Buxoro shahar hokimligi xabar berishicha, yangi tartib Ark qo‘rg‘oni — Poi Kalon — Haqiqat ko‘chasi — Labi Hovuz ansambli hududida amal qiladi.
Qonunchilik talablariga javob bermaydigan elektroskuter va elektrosamokatlar, elektro golfkarlar, rikshalar, mopedlar, to‘rt g‘ildirakli velosipedlar hamda kartinglarning harakatlanishi cheklanadi.
Shuningdek, ushbu hududda ot va tuyada harakatlanishga ham cheklov joriy etiladi. Yangi tartib piyodalar va sayyohlar xavfsizligini ta’minlash, tarixiy hududda tartibni saqlash va qulay muhit yaratishga qaratilgan.
Avvalroq Kursiv Qashqadaryo viloyatida anomal issiq ob-havo sababli og‘ir yuk transporti harakatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilganiligi haqida xabar bergan edi.