Kolumbiyada ishlab chiqarilgan Cobalt nimasi bilan farq qiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Braziliyada qo‘llab-quvvatlanadigan Cobalt — 148 million so‘m
Сколько стоит Chevrolet Cobalt с пробегом в Колумбии
Foto: Drom

Chevrolet Cobalt Kolumbiyada 2012–2016-yillarda ishlab chiqarilgan. Shunga qaramay, model hozir ham mamlakat ikkilamchi bozorida ommabop. 2026-yil 22-sentabr holatiga ko‘ra, Tucaro portalida foydalanilgan sedan narxi 27,9 mln pesodan, ya’ni qariyb 103,8 mln so‘mdan boshlanadi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi Chevrolet Cobalt narxi 146,4 mln so‘mdan boshlanadi. Braziliyada esa foydalanilgan Cobalt 148 mln so‘m atrofida sotilmoqda.

Kolumbiya bozorida Chevrolet Cobalt’ning ikkinchi avlod modeli sotilgan bo‘lib, u O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan modelga yaqin. Biroq mahalliy avtomobillarning aksariyatiga 1,8 litrli dvigatel o‘rnatilgan, O‘zbekistondagi Cobalt esa 1,5 litrli motor bilan jihozlangan.

Cobalt afzalliklari — keng salon va ehtiyot qismlar mavjudligi

Kolumbiyalik Cobalt egalari avtomobilning asosiy afzalliklari sifatida keng salon, katta bagaj, qulaylik va yonilg‘i sarfining nisbatan pastligini qayd etadi. Avtomobil egalari fikrlari Opinautos portalida e’lon qilingan.

2013-yilgi Cobalt egalaridan biri avtomobildan bir yil foydalangan va shu vaqt ichida jiddiy muammoga duch kelmaganini aytgan. U sedaning keng saloni va kam yonilg‘i sarfini afzallik sifatida ko‘rsatgan. Kamchiliklar qatorida esa LT komplektatsiyasida dvigatel harorati ko‘rsatkichi va ABS tizimi yo‘qligini tilga olgan.

Yana bir haydovchi 2014-yilgi Chevrolet Cobalt’dan to‘qqiz yil foydalangan. Uning aytishicha, shu vaqt ichida avtomobil jiddiy mexanik muammo tug‘dirmagan. U ham Cobalt’ning tejamkorligi, keng saloni va qulayligini ijobiy baholagan.

Shuningdek, o‘qing: Chevrolet Cobalt’ni tyuning qilish qancha turadi

Yana bir kolumbiyalik 2014-yilgi Cobalt’dan ikki yil foydalangan. Shu vaqt ichida faqat termostatni almashtirishga to‘g‘ri kelgan. U qariyb 130 ming km yurgach ishdan chiqqan. Cobalt egasi avtomobil chidamli bo‘lgani uchun uni «traktor» deb atagan.

Boshqa bir sharhda 2015-yilgi Cobalt egasi modelning kuchli tomonlari sifatida kam nosozlik chiqarishi, katta bagaj va yoqilg‘iidani meyor sarflashini qayd etgan. Shu bilan birga, unga avtomobilning joyidan qo‘zg‘alishdagi dinamikasi yoqmagan.

Shu bilan birga tanqidiy fikrlar ham uchraydi. 2014-yilgi Cobalt’dan taksi sifatida foydalangan haydovchilardan biri avtomobilning qulayligi va dvigatelini ijobiy baholagan, biroq sotuvdan keyingi xizmatdan norozi bo‘lgan. Uning aytishicha, ayrim ehtiyot qismlarni rasmiy dilerda topish qiyin bo‘lgan, mavjud detallar esa qimmat turgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi haydovchilarga Cobalt va Nexia 3 haydash tavsiya qilinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek